Guli Turaeva — Klinik psixolog, Psixoterapevt

O'zlikni anglash - komillik sari yo'l

Xizmatlarimiz

Sizning ruhiy salomatligingiz yo‘lida eng samarali psixologik xizmatlar

Yo‘qotishlar, og‘riqlar va ichki ziddiyatlar sizni kimligingizdan ayira olmaydi. Biz bilan siz o‘zingizga qaytasiz

Bepul konsultatsiya olish

Psixosomatika kursi

Ruhni davolamasdan turib vujudni davolab bo'lmas! "Abu Ali Ibn Sino"

Ustoz-shogird dasturi

Kasbiy va ma'naviy yo'lda ustoz izlayotganlar uchun betakror imkoniyat

Shaxsiy terapiya

His tuyg'ular va ichki barqarorlikni anglash uchun maxsus seanslar

Munosabatdagi muammolar

Sog‘lom va barqaror munosabatlar uchun emotsional, kommunikativ va xulqiy muammolarni hal qilish

Bir kunlik treninglar

O‘zgarish uchun bir kun yetarli. Kuchli mavzularda qisqa, lekin ta’sirli guruh mashg‘ulotlari

Shaxsiy terapiya seansi

Mamnun mijozlar soni

%

Maxfiylik kafolati

Yil+

Ish tajribasi

Men haqimda

Guli Turaeva kim?

Men — Guli Turaeva

15 yildan beri insonlarga ruhiy barqarorlik va ichki sokinlik topishda ko‘mak berib kelaman. Psixoterapevt sifatida har bir mijozimga individual va samimiy yondashaman.

Sharq tabobati bo‘yicha bilimlarim asosida inson tanasi va ruhining uzviy bog‘liqligi, psixosomatik muammolar, stress va munosabatlardagi muammolar ustida tizimli ishlayman

Malaka va mutaxassisliklarim:

  • Sharq tabobati bo‘yicha mutaxassis
  • Gematolog
  • Klinik psixolog, Psixoteropevt
  • Psixosomatika kursi muallifi
  • Ustoz shogird dasturi muallifi

Ruhiy va jismoniy tiklanish sari birinchi qadamingizni birga tashlaymiz!

Men haqimda video

Odamlar nima uchun meni tanlashyabti?

Nega aynan Guli Turaeva?

Ilm va Tajriba

Guli Turaeva — klinik psixolog, 20+ yillik tajribaga ega. U doimo yangilanayotgan metodikalar asosida ishlaydi va sizni rasmiy bilim bilan ta’minlaydi.

Mutaxassis har doim yoningizda

Har bir seans — individual reja asosida. Sizning ehtiyojingiz, tempringiz va holatingiz inobatga olinadi. Savol bo‘lsa – javob, muammo bo‘lsa – yechim doim tayyor!

Tizimli va natijali terapiya!

Gaplashishdan tashqari — psixosomatika, stress-menejment va kompleks yondashuvlar. Har bir sessiyada testlar, monitoring va kunlik topshiriqlar orqali aniq o‘sish ko‘rinadi.

Xotirjamlik va ishonchli muhit

Har bir muammo sir saqlanadi. Muhit xavfsiz va mehrga to‘la. 24/7 aloqa, bepul treninglar va ommaviy tan olingan tajriba siz bilan birga!

Mijozlarimiz fikrlari

Assalomu alaykum Guli To‘rayeva, bundan 6 yil oldin meni najot farishtam bo‘lgan insomim. Borizga shukur. O‘zim Samarqandlikman. 2019 yil avgust oyida G‘ulomjon nevrologik klinikasida o‘g‘limni davolatgani olib borganman. O‘shanda homilam ko‘chib rossa qiynalganman. Siz esa meni 4 ta 5 ta kasalxonaga o‘z mashinangizda olib borib, uyimdan odam kelguncha yoningizdan pul to‘lab davolattirgansiz.

Mijozlarimiz fikrlari

Bizayam yaxshimiz, o‘g‘limga insof kirib, o‘zgardi, yomon odatlarini tashladi. Alhamdulillah.

Mijozlarimiz fikrlari

Rahmat ❤️ Alloh sizni shu stresslarimdan qutulishimga yordam berish uchun sababchi qilgandir. Endi biroz yengillashib, o‘rnimdan turishga kuch topdim. Charchamang, Alloh sizdan rozi bo‘lsin.

Mijozlarimiz fikrlari

Assalomu alaykum. Bugun men Guli Turayevaga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Chunki ko‘p yillar davomida ruhiy va jismoniy og‘riqlardan aziyat chekardim. Tushkunlik, ikkilanish, o‘zimga bo‘lgan ishonchning pastligi, onam bilan bir-birimizni tushunolmasligimiz meni qiynardi. Guli opa o‘tkazgan 10 kunlik muolajalardan so‘ng hayotga o‘zgacha nigoh bilan qaray boshladim. Ilgari hayotimda aniq maqsad yo‘q edi. Maqsad qo‘ysam ham, yo‘limda biror to‘siq uchrasa, darrov taslim bo‘lardim. Ammo muolajalar ta’siridan keyin sekin-asta hayotimda o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Onam bilan munosabatlarim yaxshilandi, ishda yutuqlarga erishdim, o‘zimga bo‘lgan ishonchim ortdi. Nihoyat, bir necha yillik orzuyim — universitetga talaba bo‘lish niyatim amalga oshdi. Endi o‘zim qiziqqan sohada o‘qishni boshladim. Xullas, hayotning yorqin tarafiga o‘tib oldim — Alhamdulillah. 😊 Menga bu yutuqlarga erishishda sababchi bo‘lgan Guli Turayevaga yana bir bor samimiy rahmat aytaman. Allohdan u kishining kelgusi ishlariga rivoj, o‘zlariga sog‘lik-salomatlik tilayman. Har doim shunday go‘zal va mehribon bo‘lib, xalqimiz salomatligi yo‘lida xizmat qilishda davom etishlarini istayman. 🥰

Mijozlarimiz fikrlari

Assalomu alaykum, Guli opa 🤍 Bugungi konsultatsiya uchun sizga katta rahmat 🙏 Ancha yengillashdim. Anchadan beri shu yuk bilan yurar edim, xuddi yashashga ruxsat olgandek bo‘ldim 🥰 Sizga yana bir bor katta rahmat. Ilmingiz bundan ham ziyoda bo‘lsin 🥰❤️🙏

Menga savolingiz Bormi?

Ko'plab mijozlar tomonidan beriladigan savollarga oldindan javob tayyorlab qo'ydim. Agar bu yerda o'zingizni qiziqtirgan savolingizga javob ololmasangiz menga aloqaga chiqishingiz mumkin!

Konsultatsiya qanday o‘tadi?

Konsultatsiya sokin va ishonchli muhitda suhbat tarzida o‘tadi. Mijozning ichki holati, his-tuyg‘ulari, muammolari tahlil qilinadi va unga mos yondashuv tanlanadi.

Qanday muammolar bilan murojaat qilsa bo‘ladi?

Stress, xavotir, depressiya, oilaviy muammolar, bolalar bilan bog‘liq psixologik holatlar, o‘zini anglash muammolari va psixosomatik simptomlar bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Qancha seans kerak bo‘ladi?

Bu sizning holatingizga bog‘liq. Ba’zan birgina seansda yo‘l ko‘rsatiladi, ba’zida esa bir necha seans davomida chuqur ishlash kerak bo‘ladi. Dastlabki suhbatda bu aniqlanadi.

Siz bilan qanday bog‘lanish mumkin?

Saytdagi “Bog‘lanish” bo‘limi orqali yoki Telegram sahifam orqali bevosita yozishingiz mumkin. Konsultatsiyalar oldindan yozilish asosida olib boriladi.

Mening ma’lumotlarim sir saqlanadimi?

Albatta. Har bir mijozning shaxsiy ma’lumotlari va suhbatlari to‘liq maxfiylik tamoyiliga asoslanadi. Bu mening asosiy qadriyatlarimdan biridir.

Bog'lanish

Mening kontakt ma'lumotlarim