Psixosomatika kursi

Ruhni davolamasdan turib vujudni davolab bo'lmas! "Abu Ali Ibn Sino"

Psixosomatika nima?

Tana og‘rig‘i orqasida ruhingiz yordam so‘rayotgan bo‘lishi mumkin. Psixosomatika - bu tana va ruh orasidagi ko‘rinmas bog‘liqlikni o‘rganadigan soha. Stress, e’tiborsizlik, kechirilmaganlar yoki ichga yutib yurilgan hissiyotlar — bularning barchasi organizmda jismoniy simptomlar sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.

Bosh og‘rig‘i / Migren

Sabab: Haddan tashqari javobgarlik, ichki tanqid, o‘zini ayblash.

Ko‘p hollarda bu bosimlarni ichga yutib yurish, o‘zini yomon his qilish natijasida paydo bo‘ladi.

Bo‘yin og‘rig‘i

Sabab: Kechira olmaslik, fikrda qotib qolish, egiluvchanlikning yo‘qligi.

Bu inson boshqalarni tushunishdan bosh tortganda, doimiy “men haqman” deganda yuzaga chiqadi.

Yelka og‘rig‘i

Sabab: Og‘ir emotsional yuk, mas’uliyatni yolg‘iz ko‘tarish, yordam so‘ray olmaslik.

Ichki og‘irliklar va boshqalarning muammolarini o‘z bo‘yniga olish bilan bog‘liq bo‘ladi.

Bel og‘rig‘i (pastki qism)

Sabab: Moliyaviy xavotir, tayanch yo‘qligi hissi, hayotda “biror narsaga suyanolmaslik” holati.

Odatda inson o‘zini yolg‘iz, himoyasiz his qilganida paydo bo‘ladi.

Yurak siqilishi / aritmiya

Sabab: Muhabbat yetishmovchiligi, bosim ostida yashash, doimiy qo‘rquv.

Yurak — hissiyot markazi. Uni yopiqlik va sovuqlik qiynaydi.

Oshqozon muammolari

Sabab: Qayg‘u, hafsalasi pir bo‘lish, hayotni “hazm qila olmaslik”.

Tashvishli voqealarni ichga yutish, o‘zini bosib yurish bilan bog‘liq.

Ichak muammolari

Sabab: Hozirgi hayotni qabul qilmaslik, o‘zgarishlardan qo‘rquv.

“Hayot oqimiga” qarshi kurashish holatida yuzaga chiqadi.

Tomoq og‘rig‘i / ovoz yo‘qolishi

Sabab: O‘z fikrini ayta olmaslik, g‘azabni yutib yurish, norozilikni yashirish.

Ko‘p hollarda “gapirmasam yaxshi bo‘ladi” degan ichki qaror bilan bog‘liq bo‘ladi.

Teri muammolari (ekzema, psoriaz)

Sabab: O‘zini yoqtirmaslik, ichki uyalish, himoyasizlik.

Ko‘pincha inson o‘z tanasini qabul qilmaydi yoki o‘zini “iflos” deb his qiladi.

Astma / nafas qisilishi

Sabab: Erkinlik yetishmasligi, siquvchanlik, ortiqcha nazorat.

Astma nafaqat jismoniy, balki ruhiy erkinlikning yo‘qligini ham ifodalaydi.

Tizza og‘rig‘i

Sabab: Kibr, qaysarlik, hayot oldida egila olmaslik.

Bu inson o‘zini juda muhim his qilganda, boshqalarni eshitishni istamaganda paydo bo‘ladi.

Tirnoq tishlash (bolalarda va kattalarda)

Sabab: Ichki asabiylik, o‘zini jazolash ehtiyoji, xavotir.

Ko‘pincha bosim ostida ulg‘aygan bolalar yoki o‘zidan ko‘ngli to‘lmagan kattalarda uchraydi.

Ko‘z kasalliklari (yallig‘lanish, ko‘rish muammosi)

Sabab: Hayotning haqiqatlarini ko‘rishni istamaslik, yuzlanishni rad etish.

“Ko‘rgim kelmaydi” degan ichki norozilik jismoniy ko‘rishda aks etadi.

Quloq og‘rig‘i / eshitmaslik

Sabab: Haqiqatni eshitishni istamaslik, tanqidni rad etish.

“Boshqalarni eshitish og‘riqli” degan ichki qaror bunga sabab bo‘ladi.

Tish bilan bog‘liq muammolar

Sabab: Qaror qabul qilishda qo‘rquv, asabiylik, ichki qarama-qarshilik.

Tishlar – qaror va kuch ramzi. Noaniqlik ularni zaiflashtiradi.

Tana harorati ko‘tarilishi

Sabab: Ichki g‘azab, norozilik, tan olinmaslik hissi.

“Ichimda yonib turaman” degan holat fizika darajasiga o‘tadi.

Siydik muammolari

Sabab: Nazoratni yo‘qotishdan qo‘rqish, ruhiy iztirob, xavfsizlik yetishmasligi.

Ko‘p hollarda bolalikda psixotravma bo‘lgan odamlarda uchraydi.

Hayz sikli buzilishi

Sabab: Ayollikni rad etish, o‘z tanasidan norozilik, stress.

Bu o‘z tabiatiga qarshi ichki kurash bo‘lishi mumkin.

Tuxumdon / bachadon kasalliklari

Sabab: Ayollik energiyasini to‘sish, ayblanish hissi, qabul qilinmaslik.

Ko‘pincha jinsiylik, munosabatlar va ona bo‘lish bilan bog‘liq psixik ziddiyatlar yotadi.

Qo‘l yoki oyoq titrashi

Sabab: Xavotir, o‘zini tutib turolmaslik, nazoratni yo‘qotish qo‘rquvi.

Jismoniy titrash orqali ichki beqarorlik signal beradi.

Tana og‘irligi

Sabab: Hayotdan zavqlanmaslik, majburiyat ostida yashash, ichki qarshilik.

Odatda inson o‘zini zo‘rlab harakatga keltirayotganda tana “og‘irlashadi”.

Orqa taraf og‘rig‘i

Sabab: Barqarorlik, ishonch, tayanch yetishmasligi.

Tashqi muammolarni hal qilib bo‘lmasligi organizmga og‘riq bilan signal beradi.

Og‘iz qurishi

Sabab: Ishonchsizlik, qo‘rquv, hayajon.

Ko‘pincha o‘z fikrini aytishga jur’at etmaslikda namoyon bo‘ladi.

Tuyg‘ularni sezmaslik

Sabab: Bolalikdagi travmalar, himoya mexanizmi sifatida o‘zini yopish.

Bu “og‘riqni his qilmaslik uchun hissiyotlardan uzilish” usulidir.

Tilni tishlab olish

Sabab: O‘zini tiyib yashash, fikr bildirishdan cho‘chish, ichki repressiya.

“Gapirmasam, tinchlik bo‘ladi” degan munosabat.

Qorinning doimiy shishishi

Sabab: Emotsiyalarni hazm qila olmaslik, ichki bosim.

Bu ko‘pincha xavotir va o‘ziga nisbatan norozilikda yuzaga chiqadi.

Yuzdagi husnbuzar

Sabab: O‘zini yoqtirmaslik, ichki g‘azab, o‘z qadrini yo‘qotish.

Bu “ichki ifloslik” hissining tashqi aksidir.

Tirnoq, soch to‘kilishi

Sabab: O‘zini befoyda, nazoratsiz his qilish, kuchsizman degan ishonch.

“Hayot ustidan nazoratim yo‘q” degan ichki holat ko‘p bo‘lsa, tana ham bunga javob beradi.

Bo‘yin shamollashi

Sabab: Hayotning o‘zgarishiga qarshilik, moslashishni xohlamaslik.

“Qattiq bo‘lish kerak” degan fikr tanani muzdek qiladi.

Tana qismlarining uyushishi

Sabab: Emotsiyalarni ochiq ifoda etolmaslik, qo‘rquv, ruhiy beqarorlik.

Odatda katta stressdan keyin chiqadigan signal holatidir.

Psixosomatika qanday yordam beradi?

  • ✔️ Ichki ziddiyatlarni aniqlash va yechish orqali og‘riqni kamaytiradi
  • ✔️ Tanani emas, sababni davolaydi
  • ✔️ Stressga barqarorlikni oshiradi
  • ✔️ O‘zini anglash orqali sog‘liqni tiklaydi
therapy
Eslatma: Psixosomatika klassik tibbiy yondashuvni inkor etmaydi. Aksincha, uni chuqur anglash va hissiyotlarni tahlil qilish orqali kuchaytiradi.