Guli Turaeva — Klinik psixolog, Psixoterapevt
O'zlikni anglash - komillik sari yo'l
Xizmatlarimiz
Sizning ruhiy salomatligingiz yo‘lida eng samarali psixologik xizmatlar
Yo‘qotishlar, og‘riqlar va ichki ziddiyatlar sizni kimligingizdan ayira olmaydi. Biz bilan siz o‘zingizga qaytasiz
Bepul konsultatsiya olishPsixosomatika kursi
Ruhni davolamasdan turib vujudni davolab bo'lmas! "Abu Ali Ibn Sino"
Ustoz-shogird dasturi
Kasbiy va ma'naviy yo'lda ustoz izlayotganlar uchun betakror imkoniyat
Shaxsiy terapiya
His tuyg'ular va ichki barqarorlikni anglash uchun maxsus seanslar
Munosabatdagi muammolar
Sog‘lom va barqaror munosabatlar uchun emotsional, kommunikativ va xulqiy muammolarni hal qilish
Bir kunlik treninglar
O‘zgarish uchun bir kun yetarli. Kuchli mavzularda qisqa, lekin ta’sirli guruh mashg‘ulotlari
Shaxsiy terapiya seansi
Mamnun mijozlar soni
Maxfiylik kafolati
Ish tajribasi
Men haqimda
Men — Guli Turaeva
15 yildan beri insonlarga ruhiy barqarorlik va ichki sokinlik topishda ko‘mak berib kelaman. Psixoterapevt sifatida har bir mijozimga individual va samimiy yondashaman.
Sharq tabobati bo‘yicha bilimlarim asosida inson tanasi va ruhining uzviy bog‘liqligi, psixosomatik muammolar, stress va munosabatlardagi muammolar ustida tizimli ishlayman
Malaka va mutaxassisliklarim:
- Sharq tabobati bo‘yicha mutaxassis
- Gematolog
- Klinik psixolog, Psixoteropevt
- Psixosomatika kursi muallifi
- Ustoz shogird dasturi muallifi
Ruhiy va jismoniy tiklanish sari birinchi qadamingizni birga tashlaymiz!
Men haqimda videoOdamlar nima uchun meni tanlashyabti?
Ilm va Tajriba
Guli Turaeva — klinik psixolog, 20+ yillik tajribaga ega. U doimo yangilanayotgan metodikalar asosida ishlaydi va sizni rasmiy bilim bilan ta’minlaydi.
Mutaxassis har doim yoningizda
Har bir seans — individual reja asosida. Sizning ehtiyojingiz, tempringiz va holatingiz inobatga olinadi. Savol bo‘lsa – javob, muammo bo‘lsa – yechim doim tayyor!
Tizimli va natijali terapiya!
Gaplashishdan tashqari — psixosomatika, stress-menejment va kompleks yondashuvlar. Har bir sessiyada testlar, monitoring va kunlik topshiriqlar orqali aniq o‘sish ko‘rinadi.
Xotirjamlik va ishonchli muhit
Har bir muammo sir saqlanadi. Muhit xavfsiz va mehrga to‘la. 24/7 aloqa, bepul treninglar va ommaviy tan olingan tajriba siz bilan birga!
Menga savolingiz Bormi?
Ko'plab mijozlar tomonidan beriladigan savollarga oldindan javob tayyorlab qo'ydim. Agar bu yerda o'zingizni qiziqtirgan savolingizga javob ololmasangiz menga aloqaga chiqishingiz mumkin!
Konsultatsiya qanday o‘tadi?
Konsultatsiya sokin va ishonchli muhitda suhbat tarzida o‘tadi. Mijozning ichki holati, his-tuyg‘ulari, muammolari tahlil qilinadi va unga mos yondashuv tanlanadi.
Qanday muammolar bilan murojaat qilsa bo‘ladi?
Stress, xavotir, depressiya, oilaviy muammolar, bolalar bilan bog‘liq psixologik holatlar, o‘zini anglash muammolari va psixosomatik simptomlar bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Qancha seans kerak bo‘ladi?
Bu sizning holatingizga bog‘liq. Ba’zan birgina seansda yo‘l ko‘rsatiladi, ba’zida esa bir necha seans davomida chuqur ishlash kerak bo‘ladi. Dastlabki suhbatda bu aniqlanadi.
Siz bilan qanday bog‘lanish mumkin?
Saytdagi “Bog‘lanish” bo‘limi orqali yoki Telegram sahifam orqali bevosita yozishingiz mumkin. Konsultatsiyalar oldindan yozilish asosida olib boriladi.
Mening ma’lumotlarim sir saqlanadimi?
Albatta. Har bir mijozning shaxsiy ma’lumotlari va suhbatlari to‘liq maxfiylik tamoyiliga asoslanadi. Bu mening asosiy qadriyatlarimdan biridir.